Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Xabaringiz bor, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining tarkibiy bo‘linmalarida mas'ullardan tashkil topgan ishchi guruhlar tomonidan ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar muntazam o‘rganib kelinmoqda. O‘rganishlar davomida ishchi-xodimlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularning taklif va muammolari tinglanayapti.
Jumladan, Fuqaro muhofazasi otryadi, Ohak zavodi, Xondiza kon boshqarmasi, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi, Shaxtaqurilish boshqarmasi, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Kovuldi koni, Qalmoqqir kon boshqarmasi, Angren kon boshqarmasi, Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi, Uch quloch koni, Mis eritish zavodi, Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi, Mis boyitish fabrikasi, Avtomobil transport boshqarmasi, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi kabi korxonalarda ishchi-xodimlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlarda mas'ullar har bir kamchilikka e'tibor berishdi.
Xususan, Uch quloch koni ishchi-xodimlari yuvinish xonasining faoliyatini yaxshilash va uni ishga tushirish, transport masalasi bo‘yicha mas'ullarga murojaat qilishdi.
Fuqaro muhofazasi otryadi mehnat jamoasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ham yuvinish xonasining faoliyati qoniqarli emasligi bildirildi. Shuningdek, xodimlar o‘quv xonasidagi mebellarning eskirganligi, oshxona yo‘qligi, trenajyor zalini tashkil etish, tezkor navbatchi xonasini konditsioner bilan jihozlash, avariya-qutqaruv mashinalarini yangilash, sanoat al'pinizmi, tog‘ tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun o‘quv minorasini qurish kabi takliflarni berishdi.
Har bir uchrashuvda ijtimoiy himoya, mehnat muhofazasi va mehnat munosabatlarida yuzaga kelayotgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi. Yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Axborot xizmati