• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ishchilarga munosib sharoit yaratish asosiy vazifamiz

18 Yanvar 2023, 12:26 581

Mamlakatimizda kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo sharoitida ham Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bir zum bo‘lsada texnologik ishlab chiqarish jarayoni to‘xtatilgani yo‘q. Ishlab chiqarish jarayonida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning holidan muntazam xabar olinib, ularga qulay mehnat sharoitlari yaratib berilayapti. Kombinatning asosiy ishlab chiqarish bo‘g‘ini bo‘lgan Mis boyitish fabrikasi misolida olib qaraydigan bo‘lsak, fabrika rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rildi. Jumladan, birinchi navbatda sex binolaridagi ochiq joylar yopildi. Sexlarga 4 dona mikroto‘lqinli pech va choyni issiq saqlashlari uchun 6 dona termopod, 8 ta termos va elektrchoynaklar tarqatildi. Bundan tashqari, Yanchish va flotatsiyalash sexining Yanchish va maydalash uchastkasida olib borilayotgan ta'mir ishlarida qatnashayotgan 100 nafar ishchi-xodimlarga 2 mahal bepul osh berish, issiq shakarli choy bilan ta'minlash yo‘lga qo‘yildi.

Bu kabi ishlarimiz bardavomlik kasb etadi.

Ulug‘bek Alimov,

MBF kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech