Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33OKMK Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi tomonidan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida muntazam ravishda profilaktik tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Mana shunday tadbirlardan navbatdagisi Mis eritish zavodida o‘tkazildi. Unda Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo‘limi mas'ullari, zavod rahbariyati hamda mutaxassislari ishtirok etishdi.
Tadbirda 2024-yil 27-dekabr kuni zavodning Kamyob metallar ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa muhokama etildi.
Mas'ullar ushbu yuz bergan baxtsiz xodisa bo‘yicha dastlabki ma'lumot yuzasidan zavodning barcha ishchi-xodimlariga navbatdan tashqari yo‘l-yo‘riq o‘tkazilganligini ta'kidlashdi. Bu kabi holatlarni oldini olish uchun barcha o‘z ishiga jiddiy yondashish kerakligi uqtirildi.
2025-yilda zavodning barcha ishchi-xodimlarini o‘z kasbi bo‘yicha qayta o‘qitish uchun mas'ul xodimlarga ko‘rsatmalar berildi. 2025-yilda MEZda baxtsiz hodisalarning oldini olish va mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozimligi ta'kidlandi. Zavod barcha sexlari va xizmatlari boshliqlari, MM va XT bo‘limi xodimlari ishchi-xodimlar o‘rtasida yo‘l-yo‘riqlarni, shuningdek, baxtsiz hodisalar muhokamasini sifatli, batafsil va ishchi-xodimlarga tushunarli tarzda o‘tkazilishiga e'tibor qaratilishi lozimligi ta'kidlandi.
Shuningdek, bugungi kunda ushbu holat yuzasidan vakolatli tashkilot vakillari tomonidan tekshirish ishlari olib borilayotganligi va natijasi bo‘yicha aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi aytib o‘tildi.
Bu kabi profilaktik tadbirlar davom etadi.
Iroda Almatova,
OKMK Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi muhandisi