• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ishlab chiqarish va ta'lim integratsiyasi amalda

18 Oktyabr 2023, 9:23 807

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ta'lim va sanoat integratsiyasi borasida muhim ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Natijada talabalar nazariy bilim olish barobarida texnologik ishlab chiqarish jarayoni bilan ham yaqindan tanishib, amaliy bilimlarini mustahkamlab borishadi. Bu esa o‘z-o‘zidan talabaning o‘qishni tamomlashi bilan ishlab chiqarish jarayoniga qiyinchiliklarsiz ko‘nikishiga hamda yetuk mutaxassis bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

So‘zlarimizning amaldagi ifodasini Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida tashkil etilgan MTTU MISiSning Olmaliq filialining konchilik va metallurgiya kafedrasini misolida ham ko‘rishimiz mumkin.

Mazkur kafedraning ochilish marosimi 16-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi.

O‘quv markazi rahbari Doniyor Karimovning ma'lum qilishicha, bu yo‘nalishda ishlar bardamovlik kasb etib, konchilik kafedrasi Qalmoqqir kon boshqarmasida ham tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu kafedralar Prezidentimizning topshirig‘iga ko‘ra tashkil etilib, bunda talabalar o‘qish davomida korxonaning o‘zida tahsil olib shu korxonanni o‘zida amaliyotga chiqish imkoniyatini beradi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech