• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ishlab chiqarishni boshqarishda xorijiy tajriba

08 Iyun 2022, 10:0 1714

Kuni kecha Omega-Alyanc kompaniyasi OKMKda ishlab chiqarishni boshqarish tizimi va konchilik ishlarini rejalashtirishga bag’ishlangan taqdimot o’tkazdi.

Omega-Alyanc mutaxassislari IT va ishlab chiqarish jarayonlariga mas’ul xodimlarimiz bilan birgalikda kombinatimizning Metallurgiya va Rux zavodlari hamda Qalmoqqir va Yoshlik konlari faoliyatini tubdan tahlil qilib, MES tizimini joriy etish, konchilik ishlarini rejalashtirish yo’l xaritasi va boshqaruv usullari loyihasini taqdim etdilar.

Ma’lumot o’rnida Manufacturing Execution System (MES) real vaqt rejimida ishlab chiqarishni boshqarish usullari va vositalarini birlashtiruvchi integratsiyalashgan axborot-hisoblash tizimidir.

Abdulla Azizov,

OKMK boshqaruv raisining

Raqamlashtirish bo’yicha o’rinbosari

 

 

Bo`lishmoq:
Text to speech