• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Issiqlik elektr markazida viktorina

01 Noyabr 2023, 10:41 568

11 noyabr - O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuniga bag‘shlab Issiqlik elektr markazi kasaba uyushmasi qo’mitasi komissiyalari, sex qo‘mita raislari va faollari o‘rtasida "Eng yaxshi kasaba uyushmasi faoli" viktorinasi tashkillashtirildi.
Viktorinada OKMK Jamoa shartnomasi, yangi tahrirdagi mehnat kodeksi, mehnat muhofazasi to’g’risidagi qonuni hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari to’g’risidagi qonunidan kelib chiqqan holda test savollari orqali faollar bir-birlari bilan bellashishdi.
Viktorinada ishtirok etganlar bilimlarini yanada oshirishib, bilmagan savollariga javob topishdi.
Bellashuvda uchinchi o‘rinni uy-joy masalalari bo‘yicha komissiya raisi Boburxon Nodirxonov egalladi.
Ikkinchi o‘rin ijtimoiy masalalar bo‘yicha komissiya raisi Anna Yakovlevaga nadib etdi.
Mutloq g‘oliblikni esa Qozon-turbina sexi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Xayrulla Xaydarov qo’lga kiritdi.
Viktorina g‘oliblariga OKMKxodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari ulashildi.


Sarvar Kalamxodjayev,

IEM kasaba uyushmasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech