Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Kamyob metallar ishlab chiqarish sexi “Olmaliq KMK” AJ Mis eritish zavodining eng yosh va istiqbolli sexlaridan biri hisoblanadi.
1999-yilda o‘z faoliyatini boshlab, yillar davomida barqaror ishlab chiqarish texnologiyasiga ega bo‘lgan sexda kamyob metallar, shu jumladan, reniy va molibden mahsulotlari olinadi. Ishlab chiqarishni barqaror yo‘lga qo‘yish bilan bir qatorda namchil usulda changlarni ushlab qolish tizimini takomillashtirish va optimallashtirilishi bu yerda yuqori tozalikdagi, texnik shartlar talablariga javob beradigan perrenat ammoniysini olish imkonini berdi. Albatta bu jarayonlarda kuydirish pechlari asosiy vazifani bajaradi.
023 yilga kelib sex o‘zining 4 ta kuydirish pechiga ega bo‘lgan bo‘lsa, “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish dasturi doirasida 5- va 6-sonli kuydirish pechlarini montaj qilish ishlari olib borilib, 5-sonli kuydirish pechi, oradan ko‘p o‘tmay 6-sonli pechni ishga tushirishga muvaffaq bo‘ldi.
Bugungi kunda sex tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha molibden yarim tayyor mahsulotlari Chirchiq shahridagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga yuborilmoqda. Perrenat ammoniy esa eksportga yo‘naltirilmoqda.
Molibden yarim tayyor mahsuloti olishning texnologik jarayonlari Mis boyitish fabrikasidan olingan molibden yarim tayyor mahsulotini gorizontal pechlarda kuydirilishi va chiquvchi hamda namchil gazlarni ushlab qolishni o‘z ichiga oladi. Molibden oksidi olinishining ishlab chiqarish bosqichliklari shixtalarni tayyorlashdan boshlanadi. Materiallarni donabaylashga mo‘ljallangan qorishtirgichlar soatiga 800 kg. dan ortiq bo‘lgan donabaylangan mahsulotlarni tayyorlash imkoniga ega. Ushbu shixtalar gorizontal pechlarga belgilangan reglamentlarga asosan uzluksiz ravishda yuklab boriladi. Kuydirish natijasida gaz tozalash eritmalarining 70 foizi reniy ko‘rinishiga o‘tib, aynan shu mahsulot reniy va osmiy olinishi uchun xom ashyo vazifasini o‘taydi. Bu kabi ishlab chiqarish jarayonlarining qat'iy asoslarda olib borilishida smena ustalari Mirzohid Mirsodiqov, Sobirjon Boyqo‘ziev, Uyg‘un Toshmatov, Jasur Botirov hamda texnologik ishchilar Ahror G‘aniyev, Yo‘ldosh Nishonov, Irina Shevchenko, Rimma Nikitina, Dilafro‘z G‘iyosova, Feride Mamadaliyeva, Muyassar Abduhalikova, Shuhrat Hakimov, Zarnigor Nizomova, Mohigul Toshmatovalarning hissalari beqiyos bo‘lmoqda.
Hamjihat va hammaslak jamoa a'zolarini birlashtirgan Kamyob metallar ishlab chiqarish sexi tomonidan yilning o‘tgan yarim yili davomida molibden oksidi ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 135,2%ni, reniy-ammoniy ishlab chiqarish 104,1%ni tashkil qildi. Ayni damda jamoa sa'y-harakatlari bilan navbatdagi 6-sonli gorzontal pech ham foydalanishga topshirilishga shay holatga keltirildi.
Hasan ABDULLAYEV