Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan “Yoshlik I konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasi natijasida ishlab chiqarish hajmi oshib boradi. Buda esa o‘z-o‘zidan texnologik ishlab chiqarish jarayonida reagent sifatida foydalaniladigan ohakka bo‘lgan talab oshadi. Ushbu omillarni hisobga olgan holda loyiha doirasida yangi Ohak zavodini qurish ham rejalashtirilgan. Italiyaning Cimprogetti kompaniyasi yangi barpo etilishi ko‘zda tutilgan Ohak zavodiga yuqori samadorlikka ega bo‘lgan texnologik uskunalarni yetkazib berish taklifi bilan chiqdi.
Kecha Yoshlik-1 koni direksiyasida OKMK rahbariyati, mutaxassislari hamda Cimprogetti kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda kompaniya vakillari o‘zlari taklif etayotgan texnologik uskunalari haqida batafsil ma'lumot berishdi. Kompaniya faoliyati bilan to‘liq tanishtirishdi.
Ma'lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki Cimprogetti kompaniyasi ohaktoshni kuydirish uchun yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan vertikal pechlar ishlab chiqaradi.
Samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan muloqotda tomonlar kelgusida o‘zaro hamkorlik aloqalari borasida muzokaralar olib borishdi.
Axborot xizmati