"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilda Oqqo‘rg‘on tumani “Eltamg‘ali” MFY hududidagi mavjud qurilishi tugallanmagan bolalar bog‘chasi binosining turar-joy va bolalar bog‘chasiga moslashtirib, qayta ta'mirlash uchun 10,3 mlrd so‘mlik homiylik qilindi.
"Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun(500 mln. so‘m), Toshkent viloyatining ijtimoiy soha obyektlari isitish qozonlari va issiqlik tizimini ta'mirlash maqsadida(22,2 mlrd so‘m) homiylik yordamlari ko‘rsatildi.
Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi “Xadra”, “Gulbozor”, “Chaqar” va “Taxtapul” mahallalaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash va hududlarini obodonlashtirish ishlari uchun ham bugungi kunga qadar 1 mlrd so‘m mablag‘ miqdorida homiylik qilindi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati homiyligida Parkent tumani, Qiziltog‘ shaharchasida joylashgan “Chotqol” madaniyat saroyi mukammal ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi. Madaniyat saroyining ta'mir ishlariga 11,8 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Yangiyo‘l tumanidagi “O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati yurak-asab kasalliklari sihatgohi” binosidagi mavjud 2 ta lift xayriya mablag‘lari hisobidan yangisiga almashtirilib, elektr tarmog‘ida ko‘p uzilishlar bo‘layotgan mahallalar 1 ta 1000 kV kuchlanishli transformator bilan ta'minlandi.
Angren shahrini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida kombinat tomonidan issiqlik magistral quvurlarining 2 842 pogonometri almashtirildi. Bugungi kunda qo‘shimcha 2 987 pogonometr issiqlik magistral quvurlarini almashtirish ishlari olib borilmoqda.
2023-yilning boshida mamlakatimizda kuzatilgan anomal sovuq sharoitda Toshkent shahri va viloyatimizning Yangiyo‘l tumanidagi kommunal sohalarda vujudga kelgan nosozliklarni bartaraf etish uchun kombinat tomonidan ko‘mak berildi. Xususan, ushbu nosozliklarni bartaraf etishga kombinatning 80 nafar mutaxassislari jalb etilib, 3,1 mlrd so‘mlik moddiy-texnik ta'minot yordamlari beg‘araz ajratildi.
Toshkent viloyati Mahalla hayriya jamoat fondining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 1 mlrd so‘mlik, sportni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Dzyudo federasiyasiga 5,5 mlrd so‘mlik homiylik yordamlari ko‘rsatildi.
“Oydin” dehqon bozori old qismida yerosti piyodalar yo‘lagi kombinat homiylik mablag‘lari evaziga qurilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu yerosti yo‘lagi qurilishiga 3,4 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Olmaliq shahrining tibbiy muassasalariga 360 dona kislorod ballonida beg‘araz kislorod taqdim etildi.
Shuningdek, kombinat tibbiy sanitar qismi mukammal ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi. Ushbu zamonaviy tibbiy maskanning ta'mirlash ishlariga 12,8 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi.
Kombinat homiylik mablag‘lari evaziga Olmaliq shahar tug‘ruq kompleksi 90 o‘ringa mo‘ljallangan tumanlararo perinatal markazga aylantirildi. Ushbu markaz ta'miriga 13,6 mlrd so‘m mablag‘ sarflanib, markaz mukammal ta'mirlandi va tibbiy jihozlar bilan to‘liq ta'minlandi.
Olmaliq shahrining infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida shahar ko‘chalari, turar joy va ijtimoiy ob'ektlar atroflarida obodonlashtirish ishlari olib borilib, bugungi kunga qadar 75 ming kv.m shahar asosiy va ichki yo‘llari asfaltlashtirildi. Ushbu ishlarga 7,5 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi.
Shuningdek, Olmaliq va Ohangaron shaharlarini obodonlashtirish maqsadida 45 tonna ohak va 500 mln so‘m homiylik mablag‘i ajratildi.
Kombinat tasarrufidagi 33-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti tomonidan mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, yakuniga yetkazildi.
OKMK sport majmuasining bino va inshootlari kombinat kuchlari tomonidan ta'mirlanib, pudratchi tashkilot tomonidan sport majmuasidagi asosiy futbol maydoni rekonstruksiya qilindi. Maydon chimi va yoritgich uskunalari yangilandi.
2024-yilda ham kombinat tomonidan xayrli va ezgu amallar bardavomlik kasb etadi.