Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ma'lumki, ayni kunlarda kombinat tarkibiy bo‘linmalarida 2023-yilda jamoa shartnomasi bajarilishi yuzasidan mehnat jamoalari konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi mehnat jamoasida ham jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan konferensiya o‘tkazildi.
Unda so‘z olgan boshqarma boshlig‘i Husniddin Sulaymonov 2023-yilda ITIB tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida hisobot berdi. Unga ko‘ra, 109,632 mlrd so‘mlik ishlar bajarilib, prognoz 117%ga bajarilgan. O‘sish sur'ati 111%ga yetkazilgan.
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, “Olmaliq KMK” AJ xodimlarining jamoa shartnomasiga va kombinat mehnatga haq to‘lash nizomiga asosan har oyda o‘z vaqtida amalga oshirib kelindi. Jamoa shartnomasi bandlarida ko‘zda tutilgan barcha qo‘shimcha to‘lovlar ham to‘lab borildi. Ishchi-xodimlar dam olish kunlari va qo‘shimcha ish soatlariga jalb etilgan holatlarda mehnatga haq to‘lash Qonunchilikda asosida to‘lab berildi.Shuningdek, har oyda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining bajarilishiga qarab va erishilgan natijalarga ko‘ra xodimlarimizga ish haqiga qo‘shimcha ravishda 75% gacha miqdorida mukofot berildi, - deydi H.Sulaymanov.
Tadbirda korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Abdulazizxon Nodirov jamoa shartnomasi bajarilishi hamda komissiyalarning faoliyati bo‘yicha hisobot berdi.
Shuningdek, delegatlar ham jamoa shartnomasining bajarilishi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
Tadbirda delegatlar tomonidan jamoa shartnomasining bajarilishi qoniqarli deb topildi.
Axborot xizmati