"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ayni kunlarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati homiyligida “Mehr-muruvvat kunlari” o‘tkazilmoqda. Mazkur “Mehr-muruvvat kunlari” doirasida hamda 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bugun “Metallurg” madaniyat saroyida “Mehr-oqibat - oliy fazilat” nomli bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida Olmaliq shahridagi 6-sonli ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab hamda 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar maktab internati o‘quvchilarining ijodiy ishlari yarmarkasi hamda savdosi tashkil etildi.
Yarmarkada bolajonlar tomonidan qo‘l mehnati bilan yaratilgan turli o‘yinchoq va rasmlar namoyish etilib, ushbu ijodiy ishlar kombinat rahbariyati va ishchi-xodimlari tomonidan xarid qilindi.
Shuningdek, "Metallurg" madaniyat saroyi ijodiy guruhlari tomonidan konsert dasturi taqdim etilib turli xil ertak qahramonlari ham bolajonlarning ko‘ngillarini shod etishdi. Bayram tadbiri davomida bolajonlarga 330 ta turli xil shirinliklardan iborat sovg‘alar jamlanmasi tuhfa etildi.
Eslatib o‘tamiz, yarmarka savdolari ertaga ham davom etadi.
Ma'lumot uchun: kombinatda nogironligi bo‘lgan, shuningdek, qaramog‘ida nogiron farzandi bo‘lgan oilalarga mehnat qonunchiligi va boshqa ijtimoiy dasturlar asosida yetarli shart-sharoit yaratib berilmoqda.
Bundan tashqari, OKMK tomonidan imkoniyati cheklangan bolalar o‘quv ta'lim muassasalari, “Saxovat”, “Muruvvat” uylariga muntazam homiylik yordamlari tashkil etilgan.
Axborot xizmati