Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bugungi kunga kelib o‘zida ming nafarga yaqin ishchi-xodimni birlashtirgan kombinat Ixtisoslashtirilgan ta'mir ishlari Boshqarmasi tizimning yetakchi bo‘g‘inlaridan sanaladi.
Ishlab chiqarish zaruriyati tufayli avvalroq “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti tarkibida bo‘lgan boshqarma mana 15 yildirki OKMKning alohida tashkiloti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
ITIB texnologik uskunalar va quvur uzatmalari, metall qurilmalari, yuk ko‘tarish mashinalarida kapital va joriy ta'mirlarni o‘tkazishga, gaz tozalash va ventilyatsion qurilmalarni ta'mirlash va ishlab chiqarish, bino, inshootlarda kapital ta'mir hamda kimyoviy himoya ishlarini olib borishga ixtisoslashgan Boshqarma so‘nggi yillarda texnik qayta qurollandi.
Buni 14 yil avval ITIB tarkibida tashkil etilgan 6-bo‘linma misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Issiqlik energetika qurilmalarini ta'mirlashga ixtisoslashtirilgan mazkur bo‘linmada hozirgi kunga kelib 103 nafar xodim, ta'mirchi-montajchilar mehnat qilib kelmoqda.
Bo‘linma mehnat jamoasi OKMK tarkibiy bo‘linmalarida “Sanoatkontexnazorat” tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomalar asosida kapital va joriy ta'mirlash ishlarini olib boradi. Hozirda bo‘linma Mis eritish zavodi Sulfat kislota sexida sig‘imi 800 m3 bo‘lgan sig‘imni kapital ta'mirlashda, shuningdek, Rux zavodidagi birlamchi isitgichning kapital ta'miri jarayonlarida ishtirok etishmoqda.
Bo‘linmaning so‘nggi oylardagi yana bir diqqatga molik ishlaridan biri sifatida Ohak zavodidagi uzunligi 66,5 m diametri 3,6 m bo‘lgan kuydirish pechi va uzunligi 16 km bo‘lgan diametri 273mm gaz quvurining montaj ishlarini sifatli va belgilangan muddatda ta'mirlash, montaj ishlarini bajarganini aytishimiz mumkin. Bundan tashqari, bo‘linma qozon utilizatorlar, atmosfera deaeratorlar, issiqlik almashinuv qurilmalari, turbogeneratorlar, par va suv qozonlari va barcha turdagi yuqori bosimda ishlovchi quvurlarni muntazam ta'mirlash ishlarini olib bormoqda. Bu jabhada ilg‘or mehnat qilib kelayotgan chilangar ta'mirlovchilar - S.Saidov, B.G‘aniyev, F.Qarshiboyev, M.Isroilov, B.Gazibekov, elektrogazpayvandchilar - F.Atamatov, A.Muhammadaminov, F.Turaqulov, A.Xudoyberdiyevlarning nomlari e'tirofga loyiqdir.
Dilafro‘z EGAMBERDIYEVA