• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Jaholatga qarshi - ma'rifat"

13 Oktyabr 2023, 10:9 770

2023-yil 12-oktabr kuni Respublika Ma'naviyat ma'rifat markazi Olmaliq shahar bo‘linmasi, Diniy qo‘mitaning Olmaliq shahar bo‘limi, “Ramazoni sharif” jome' masjidi hamda Olmaliq shahar IIB vakillari bilan hamkorlikda Issiqlik elektr markazi ishchi-xodimlari ishtirokida "Jaholatga qarshi - ma'rifat" shiori ostida "Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi xavf-xatarni oldini olish" mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda mas'ullar tomonidan diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, jaholatga boshlovchi g‘oyalardan ehtiyot bo‘lish, so‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar bo‘yicha ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, hozirgi yangiliklar va o‘sib kelayotgan avlodni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat hamda terrorizm va ekstremizm kabi turli oqimlardan yoshlarni asrashga qaratilgan, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish masalalari mavzusida ham atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

IEM kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha maslahat kengashi hamda yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ishchi-xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Sarvar Kalamxodjayev,

IEM kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech