• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Jaholatga qarshi ma'rifat bilan

28 Sentyabr 2022, 9:53 1156

Joriy yilning 27 sentyabr kuni ham “Metallurg” MSda shahrimizning ijtimoiy soha vakillari, kombinat ishchi-xodimlari, yoshlari hamda keng jamoatchilik uchun “Jaholatga qarshi ma'rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.

Targ‘ibot va tashviqot tadbirini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi maslahatchisi Ilhom Ma'rupov va qo‘mitaning mas'ul xodimi, Xalqaro Islom akademiyasi doktoranti Jahongir Meliqo‘ziyevlar olib borishdi.

Tadbir avvalida mamlakatimizdagi tinchlik, osoyishtalik, uzoqni ko‘zlab olib borilayotgan oqilona siyosat va izchil islohotlar samarasida xalqimiz turmush darajasi oshib borayotgani qayd etildi.

Bundan tashqari, osudalik qaror topgan yurtda hotirjamlik hukm surishi, jamiyatda har tomonlama yuksalish va rivojlanish ro‘y berishi, odamlarning o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan ishonch va sadoqatlari, mehr va muruvvatlarining oshishi ham asosan xotirjamlikka bog‘liq ekanligi ham tushuntirildi.

Shuningdek, dunyoning turli burchaklarida kuzatilayotgan ziddiyatli vaziyatlar, urushlardan har birimiz to‘g‘ri xulosa chiqarish lozimligi uqtirildi.

Davra suhbati davomiida internet tarmog‘ida axborot va mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish, jamiyatda diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, ayniqsa, yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash bo‘yicha takliflarni ilgari surish bugun qanchalar muhim ekanligi ta'kidlandi.

Mavzu yuzasidan “Jar yoqasida”, “Soxta da'volar” kabi mavzularda videolavhalar ham namoyish etildi.

Shuningdek, mazkur videolavhalarda, psixatrop dori vositalarining salbiy ta'siri, ayanchli oqibatlari va uning ortidan jinoyatlar sodir etilayotgani hamda din niqobi ostida harakat qilayotgan soxta da'vatchilarning ta'sir doirasiga tushib qolganlarning ayanchli qismati hikoya qilindi.

Suhbat davomida yoshlardagi ma'naviy bo‘shliqni to‘ldirish va turli tajovuzlardan himoya qilish, Vatanimizga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytirish, ularning qalbida, buyuk tariximizni, milliy urf-odatlarimizni, madaniyat va ma'rifatimizni chuqir singdirish borasida ham so‘z bordi.

Chunki ma'naviyat rivojlangandagina, jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik vujudga keladi, ma'rifatli, bilimli, ziyoli insonlar bor yerda esa mamlakat va millat taraqqiy etadi.

Har xil ma'naviy tahdidlardan asrash hamda ekstremizm g‘oyalariga berilishning oldini olish maqsadida o‘tkazilgan ushbu davra suhbati barchada katta taassurot qoldirdi.

Darhaqiqat, bugun dunyo ko‘z yoshidek qalqib turibdi. Turli mojarolar, etnik ziddiyatlar har birimizni  yurtimizda hukm surayotgan osuda hayotimizning qadriga yetishga undaydi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech