• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Jaholatga qarshi ma'rifat

06 Iyul 2024, 11:39 1060

...Bugun dunyoda tahlikali vaziyatlarni kuzata turib, turli xil yot g‘oyalarga berilmaslik, ularni ta'siriga tushib qolmaslik dolzarb masala sanaladi. Ayniqsa, islom dini niqobi ostida hali hayotning achchiq-chuchigini tatib ko‘rmagan g‘o‘r yoshlarni o‘z domiga ilintirishga harakat qilayotgan terrorchilik guruhlariningi xurujiga doimo tayyor turish, yoshlarimizni ulardan asrab-avaylash muhim ahamiyat kasb etadi.

Joriy yilning 5-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Olmaliq shahar hokimligi hamkorligida “Metallurg” madaniyat saroyida o‘tkazilgan “Jaholatga qarshi ma'rifat” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirida ham aynan shu masalalar muhokama etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi raisi maslahatchisi Ilhom Ma’rupov, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati, ishchi-xodimlar, yosh mutaxassislar ishtirok etishdi.

Tadbirda bugungi kunda yoshlar tarbiyasida nimalarga e'tibor qaratish zarurligi, ularni noto‘g‘ri yo‘llarga kirib, yot g‘oyalar ta'siriga tushib qolmasliklari, ona Vatanga mehr-muhabbat, ezgu qadriyat, urf-odatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular orasida Islom dinini noto‘g‘ri talqin qilish oqibatida g‘arazli insonlarning ta'siriga tushib qolish holatlari oldini olish kabi vazifalar yuzasidan fikrlar bildirildi. Shuningdek, tadbirda voqelikka asoslangan hujjatli film ham namoyish etildi.

Diniy va dunyoviy amallarni aralashtirmang, kim nima desa shuni qilman, faktlarga tayangan holda ish qiling, o‘zingiz tushunmagan, mumkin bo‘lmagan ijtimoiy tarmoqlarga kirmang, bilmagan narsalaringizni tarqatmang, - deydi I.Ma’rupov. – Hurmatli ota-onalar farzandingizning telefonini muntazam nazorat qilib turing. Yoshlarning internet tarmog‘i orqali buzg‘unchi g‘oyalarni targ‘ib qilayotgan aqidaparast oqimlar ta'siriga tushib qolayotgani bor haqiqat. Doimo ogoh bo‘ling.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech