• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Jaholatga qarshi ma'rifat"

11 Dekabr 2024, 10:10 68

Insoniyat jaholatni, har qanday xunrezlikni, qirg‘anbarotlikni, fojeani faqat bir yo‘l bilan yengish mumkin - MA'RIFAT bilan!

Tinchlikka, farovonlikka, barqarorlikka, xotirjamlikka faqat bir yo‘l bilan erishish mumkin - MA'RIFAT bilan!

Ma'rifatli insonni aldab bo‘lmaydi, yengib bo‘lmaydi, ma'rifatli inson haqiqatni ko‘ra biladi, fitna va yolg‘onlarga uchmaydi.

"Metallurg" MSda kombinat ishchi-xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusidagi davra suhbatidan mehnat jamoasi ayni yuqoridagi xulosani olishgani aniq.

O‘zbekiston Respublikasi Diniy ishlar qo‘mitasi mas'ul xodimi Jahongir Meliqo‘ziyev ijtimoiy tarmoqlar orqali turli diniy mutaassiblar va ekstremistik kuchlar tomonidan olib borilayotgan fitnalardan ogoh bo‘lishimiz, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni saqlash - har birimizning fuqarolik burchimiz ekani, qonunlarga rioya etishimiz, hamisha ogoh va hushyor bo‘lishimiz zamon talabi ekanini alohida ta'kidladi.

Afsuski, bugun oramizda turli fitnalarga ko‘r-ko‘rona ergashib, hayotini, taqdirini barbod qilgan yurtdoshlarimiz yo‘q emas. Ularning ayanchli taqdiri barchaga saboq bo‘lishi shart.

Zero, bu dunyoda inson hayotidan, yurt tinchligidan ulug‘ ne'mat yo‘q. Buni anglash va anglatish ham - MA'RIFATdir aslida.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech