"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamda Germaniya davlatining yetakchi kompaniyalari, moliya va bank tashkilotlari, o‘quv muassasalari o‘rtasida yildan-yilga o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari mustahkamlanib bormoqda. Mazkur hamkorlik aloqalari doirasida joriy yilning 25-aprel kuni Germaniyaning KME Group kompaniyasi vakillari OKMKda bo‘lishdi.
Dastlab, OKMK rahbariyati va KME Group kompaniyasi vakillari o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, tashrif davomida mehmonlar dunyodagi eng yirik konlardan biri sanalgan Qalmoqqir koniga ham borishdi.
Germaniyaning “Aurubis” kompaniyasi o‘quv markazi namunasida, zamonaviy ta'lim dasturlari asosida faoliyat yuritib kelayotgan Muhandislik maktabi mehmonlarning navbatdagi manzili bo‘ldi. Mehmonlar maktabdagi o‘qitish tizimi, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Ma'lumot uchun: KME Group kompaniyasi dunyodagi eng yirik mis va mis qotishmalarini ishlab chiqaruvchilardan biridir. 1886-yilda Germaniyada tashkil etilgan kompaniya Kabelmetal AG, Stolberger Metallwerke, Tréfimétaux SA va Europa Metalli kabi bir nechta mis ishlab chiqaruvchilarni birlashtirgan.
Hozirda KME KME Group S.p.A. tomonidan boshqariladi. Kompaniya Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Xitoy va AQShda ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lib, bu butun dunyo bo‘ylab mijozlarga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
KME Group bugungi kunda jahon bozorlarida yetakchi o‘rinlarni egallagan xalqaro miqyosdagi korxona hisoblanadi.
Kompaniya ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan faol shug‘ullanadi va dunyoning turli universitetlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan aloqalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, u o‘z mahsulotlari va jarayonlarining ekologik barqarorligini yaxshilash ustida faol ish olib bormoqda.
KME yiliga 330 ming tonnaga yaqin mahsulot sotadi, bu butun jahon mis mahsulotlari bozorining 7 foizini tashkil qiladi.
OKMK Axborot xizmati