• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Jinoyatchilikka qarshi hammamiz kurashishimiz kerak

14 Sentyabr 2023, 9:50 1006

Kuni kecha OKMK Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi molibden yarim tayyor mahsulotlari pirometallurgiya sexi ishchi-xodimlari o‘rtasida kiberxavfsizlik va jinoyatchiliklarga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i Qahramon Nazirov va birlashma direktorining xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sunnatillo Erbutaev hamda korxona mas'ullari ishtirok etgan tadbirda korxonada huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, kiberxavfsizlik - internetdagi azart qimor o‘yinlarining salbiy oqibatlari va ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan bir qator masalalar muhokama etildi.

Tadbirda, diniy bag‘rikenglik, diniy ekstremizm, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish, ajrimlar, o‘g‘rilik, korrupsiya va turli jinoyatchiliklarni oldini olish va ishchi-xodimlarning mas'uliyatini yanada oshirish kabi dolzarb masalalarga mas'ullar alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 167- va 169-moddalari haqida ma'lumotlar berilib, ushbu moddalardagi "O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish", "O‘g‘rilik" kabi jinoyatlarning sodir etilishi qanday oqibatlarga olib kelishi haqida ham tushuntirib o‘tildi.

Bu kabi profilaktik tadbir 2-Mis boyitish fabrikasida ham tashkil etilib, unda Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB boshlig‘i o‘rinbosari, mayor J.Ubaydullayev, IIB TQH tezkor vakillari, mayor A.Ermatov va katta leytenant J.To‘rayevlar ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirda ham ishchi-xodimlarning huquqbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymasligi uqtirildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech