• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Jinoyatni ko‘rib xabar bermaslik ham jinoyat

22 Fevral 2024, 13:34 355

“Olmaliqmetallurgqurilish” tresti muhandis-texnik xodimlari va ishchilar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbiri o‘tkazildi.

Unda Toshkent viloyati IIBB “Olmaliq KMK” AJdagi IIB TQX tezkor vakili mayor M. Xusanov, podpolkovnik D. Abdurahmonov, TB katta tergovchisi mayor I. Jo‘raqulov, trest boshqaruvchisining  tovar moddiy boyliklarini saqlanishi bo‘yicha o‘rinbosari B.Mingbayev hamda komplayens-nazorat xizmati vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda ma'muriy huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish hamda davlat mulkini talon-taroj qilinishini oldini olish, mayda tashmachiliklarga barham berish, korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.

Mas'ullar ishchi-xodimlar tomonidan sodir etilgan bir nechta o‘g‘irlik jinoyati va uning oqibatlari bo‘yicha qisqacha axborot berib o‘tishdi. Yig‘ilishda so‘z olgan yoshi ulug‘ ishchi-xodimlar yosh va yetarli tajribaga ega bo‘lmagan ishchilarga bunday jinoyatlarni va mayda tashmachiliklarning yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini uqtirishdi.

Har bir ishchi-xodimning mas'uliyatini oshirish uchastka boshliqlari va ustalari o‘z oldiga maqsad qilib olishi lozimligi ta'kidlandi. Sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlar bo‘yicha ko‘rilgan choralarni ishchi xodimlarga yetkazish lozimligi aytib o‘tildi. Jinoyatni ko‘rib xabar bermaslik, ogohlantirmaslik ham jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘lishini ma'lum qilindi.

Ishchi-xodimlarning mehnat va ishlab chiqarish intizomiga, ishni xavfsiz olib borish qoidalarga rioya qilishlarini va qoidalarda nazarda tutilgan hollarda – shaxsiy himoya vositalardan majburiy foydalanishlari shartligini takidlab o‘tdi. 

Shuningdek, har qanday masala bo‘yicha ishchi-xodimlar trest rahbariyatiga bemalol murojaat qilishlari mumkinligi bildirildi.

Jonibek Alijonov,

Trest yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech