"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kuni kecha OKMK Jizzax sement zavodida “FVDT hududiy quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusidagi qo‘mondonlik – shtab o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ssenariysiga ko‘ra, yuzaga kelgan zilzila natijasida sanoat ob'yektida ro‘y bergan avariyalarni va yong‘inni bartaraf etildi.
Ushbu maxsus-taktik o‘quv mashqlarida Jizzax viloyati FV boshqarmasi, tuman FV bo‘limi, sement zavodi fuqaro muhofazasi tuzilmalarining shaxsiy tarkibi, Zafarobod tuman FVDT xizmatlarining kuch va vositalari, yong‘in-qutqaruv qismi, shoshilinch tez tibbiy yordam, gaz ta'minoti, elektr ta'minoti korxonasi, Zafarobod tuman IIB bo‘limi, Milliy Gvardiya, Zafarobod ichimlik suvi korxonasi kabi tashkilotlar hamda ularning rahbarlari ishtirok etishdi.
Jizzax sement zavodi mehnat jamoasi qo‘mondonlik shtab o‘quv mashqlari tadbirida faol ishtiroki uchun Jizzax viloyati Favqulodda Vaziyatlar Boshqarmasining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
Jizzax sement zavodi fuqaro muhofazasi shtabi