• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

O‘zbek futbolining 110 yilligiga

04 Avgust 2022, 9:5 1463

Joriy yilda o‘zbek futboliga asos solinganiga 110 yil to‘ladi. Ushbu sana munosabati bilan joylarda tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xususan, bugun O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi mas'ullari, futbol faxriylari, futbol rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mutaxassislar Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuiga tashrif buyurishdi.

Delegatsiya a'zolarini OKMK boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov qabul qildi.

Uchrashuv davomida shahrimiz futboli tarixi, rivoji, millionlar o‘yinining istiqboldagi taqdiri xususida fikr yuritildi.

Uchrashuv davomida O‘FA mas'ullari tomonidan mamlakatimizda futbol rivojiga qo‘shgan hissasi uchun OKMK boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanovga hamda futbolni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faollarga O‘FA ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech