• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kadmiy sexida modernizatsiya ishlari davom etmoqda

09 Fevral 2022, 15:4 1080

Bugungi kunda “Olmaliq KMK” AJ asosiy ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish dasturi” doirasida Rux zavodida keng qamrovli ishlari olib borilayapti.

Jumladan, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport salohiyatini yanada oshirish, uskunalarning barqaror ishlashini ta'minlash yo‘lida esa zavodning bir qator sexlarida modernizasiya ishlari amalga oshirildi.

Xususan, Kadmiy sexida ham modernizasiya ishlari bajarildi. Sexning elektroliz bo‘limidagi eski temir beton vannalar 48dona Germaniyaning polimer vannalariga almashtirildi. 6 dona yangi yuk ko‘tarsh ukunalari va 6 ta 70 kubli “Sulzer” nasoslari o‘rnatildi. 3 ta eritmani saqlaydigan sig‘imlar kapital ta'mirlandi.

Sementlash bo‘limiga bo‘tana tarkibidagi quyuq massani ushlab qolib suyug‘ini ajratib oladigan Italiyaning zamonaviy “Motec” press filtri o‘rnatildi. Uning ishlab chiqarish samaradorligi ham bir qancha yuqori.

Shuningdek, 13 dona sig‘imi 70 kubli aralashtirgichlar, Turkiyaning "Yilmaz” aralashtirgichlariga almashtirildi. Hajmi 3,2 tonna bo‘lgan yuk ko‘tarish uskunasi o‘rnatildi.

Butun sex bo‘yicha shamollatish tizimi yangilandi.

Bundan tashqari, Kadmiy sexining ma'muriy maishiy binosi, ish taqsimlash xonasi, yuvinish xonalari, laboratoriyalar kapital ta'mirdan chiqarildi. Saralash bo‘limi va sex binosining ichki qismida kimyoviy himoyalovchisi qoplamalar almashtirildi.

Ayni kunlarda sexda modernizasiya ishlari davom etmoqda.

 Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech