• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Karyera kuni

09 Mart 2022, 10:1 978

Joriy yilning 2-3-mart kunlari Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali bitiruvchi talabalari uchun  “Karyera kuni” tashkil etildi.

OKMK O‘quv markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda oliygohning metallurgiya, konchilik ishi, kon elektromexanikasi, kimyo texnologiya, mashinasozlik texnologiyasi, ishlab chiqarish mashinasozligi, uskunalari va avtomatlashtirish, texnologik mashinalar va uskunalar kabi fakul'tetlarning talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirda kombinat tarkibiy bo‘linmalari mas'ullari va mutaxassislari tomonidan OKMK faoliyatiga oid ma'lumotlar berildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Ulug‘bek Egamberdiyev,

O‘quv markazi yetakchi muhandisi

Bo`lishmoq:
Text to speech