• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kasaba uyushmalari - bolalarga

31 Avgust 2022, 14:26 731

Joriy yilning 29 avgust kuni OKMK Kasaba uyushmasi tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi xayrli tadbirda 300 nafar bolajonlarga o‘quv qurollari jamlanmasi topshirildi.

“Kasaba uyushmalari – bolalarga” shiori ostida o‘tkazilgan ijtimoiy aksiyada ko‘p bolali, nogiron farzandi bor hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar ishtirok etdi.

Aksiya doirasidagi tadbir “Inson qadirini ulug‘lash va faol mahalla yili” davlat dasturi asosida “Metallurg” MSda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda OKMK xodimlari Kasaba uyushmasi raisi o‘rinbosari Omonqul Beknazarov ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, har qanday kichik e'tibor natijali bo‘lishi lozimligi, o‘g‘il-qizlar o‘z xulqi va bilimi bilan davlatimiz ravnaqiga hissa qo‘sha olishini ta'kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, bolajonlarga bayram tuhfalari topshirildi.

Aksiya konsert dasturi bilan davom etdi. Qiziqarli o‘yinlar, badiiy jamoalarning chiqishlari bolajonlarga birdek manzur bo‘ldi.

Feruza Bazarova,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi

 ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassis

Bo`lishmoq:
Text to speech