Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan, “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili” davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida "Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan an'anaga aylanib qolgan “Kasaba uyushmalari – bolalarga” ijtimoiy aksiyasi tashkil etildi.
“Metallurg” madaniyat saroyida tashkil etilgan tadbir avvalida mas'ullar so‘zga chiqib, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning zamirida inson manfaatlari yotganini ta'kidlashdi.
Shundan so‘ng, bolajonlar o‘rtasida “Qo‘li gul rassom” va “Suv tashuvchilar” kabi qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi. Ushbu o‘yinlarning g‘oliblariga esa Jon Baldonining "Liderning oltin kitobi" nashri sovg‘a qilindi.
“Metallurg” madaniyat saroyining badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan tayyorlangan musiqiy guldasta barchaga manzur bo‘ldi.
Aksiya doirasida ko‘p bolali, nogiron farzandi bor, boquvchisini yo‘qotgan oilalarining 307 nafar farzandlariga 15ta o‘quv qurollaridan iborat jamlanmalar tuhfa etildi.
Gulida Abdullayeva,
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassis