"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Bugun Chinabad Plaza sanatoriysida 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan kasaba uyushmalari faxriylarini, “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi laureati” mukofoti hamda “Ehtirom” nishoni sovrindorlarini va shuningdek, “Kasaba ishonchi” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining raisi Qudratilla Rafiqov ishtirok etib, mukofotlarni oʻz egalariga topshirdi.
Quvonarlisi, tadbirda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi “Kasaba ishonchi” respublika tanlovida “Eng yaxshi Respublika Kengashi” nominatsiyasida gʻolib, deya e'tirof etildi.
Bundan tashqari, tanlovning “Mehnat muhofazasi boʻyicha jamoat nazoratining eng faol vakili” nominatsiyasida Markaziy ta'mirlash mexanika zavodining mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boʻlimi boshligʻi Dilyaver Yuldoshev gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
“Metallurg” madaniyat saroyining “Kaleydoskop” xalq raqslari ansambli jamoasi rahbari Nasiba Mambetova “Eng yaxshi madaniyat xodimi” nominanti boʻldi.
Shuningdek, tadbirda Angren kon boshqarmasi kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Sherzod Gʻaniyev “Ehtirom” nishoni va “Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi.
Barcha mukofotlanganlarni kombinat mehnat jamoasi nomidan tabriklab qolamiz.
Axborot xizmati