"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33OKMK rahbariyati tomonidan har doim ishchi-xodimlar manfaatiga e'tibor qaratilib, ularga munosib shart-sharoitlar yaratib kelinmoqda. Ayniqsa, kombinatda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida qator xayrli ishlar amalga oshirilayapti. So‘nggi yillarda har bir tarkibiy bo‘linmalardagi ishchilar oshxonalari zamonaviy qiyofaga keltirilmoqda.
Avtomobil transport xodimlari kuni arafasida Texnologik transport boshqarmasi ishchi-xodimlariga xizmat qiluvchi 2-sonli oshxona ham mukammal ta'mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur oshxonaning tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov bu kabi ezgu amallar bardavomlik kasb etishini ta'kidlab, barchani bayram bilan tabrikladi.
Tadbirda oshxona ta'mir ishlarida faol ishtirok etgan bir guruh ishchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mukammal ta'mirlanib, shinam holatga keltirilgan 60 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu oshxona bu yerda mehnat qilayotgan ishchi xodimlarga bayram arafasida munosib sovg‘a bo‘ldi.
Axborot xizmati