• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Kasbim-faxrim"

14 Mart 2024, 9:9 682

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida o‘tkazilgan “Ayolga ehtirom” haftaligi doirasida Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasining 21-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida "Kasbim-faxrim" ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Ko‘rik-tanlovda mo‘'tabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko‘rsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining samarali mehnati bilan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan yosh xodimlarimiz ishtirok etishdi.

Tanlovda ishtirokchilar o‘z kasblariga oid savollarga javob berishdi. Ijodiy qobiliyatlarini, pazandalik mahoratlarini namoyish etishdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, ishtirokchilar hay'at a'zolari tomonidan bir qator nominatsiyalar bilan taqdirlanishdi

Jumladan, "Eng zukko" deya MTT uslubchisi Iroda Mavlyanova e'tirof etildi.

"Eng ijodkor" esa MTT tarbiyachi yordamchisi Zilola Umarova bo‘ldi.

MTT tarbiyachi yordamchisi Shohsanam Xamrayeva esa "Eng orasta" nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi.

MTT tarbiyachi yordamchisi Zarnigor Parpiyeva "Eng ziyrak" deya topildi.

"Eng pazanda" nominatsiyasi esa MTT oshpazi E'zoza Ko‘kiyevaga topshirildi.

G‘oliblar faxriy yorliqlari bilan rag‘batlantirildi.

Inoyat Azizova,

21-MTT mudirasi

Bo`lishmoq:
Text to speech