• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kechagi maqsadlar - bugunning ro‘yobi

18 Noyabr 2022, 13:29 858

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mutaxassislari va olimlarining Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanda ishtiroki doirasida «Nanostructured Materials Laboratory» laboratoriyasida uchta tajriba quymalari eksperimental tadqiqotlari o‘tkazildi:

  1. Alyuminiy+nikel bilan modifikasiyalangan yuqori marganesli po‘lat quyilmasi.
  2. Nikel bilan modifikasiya qilingan yuqori marganesli po‘lat quyilmasi.
  3. Xrom va molibden asosidagi yangi yemirilishlarga bardoshli cho‘yan quyilishi.

Barcha uchta quymalar ham quyishlarni amalga oshirish, shu bilan birga ularning barcha zarur fizik-mexanik parametrlari va xususiyatlarini aniqlash, hamda quyilmalar mikrostrukturasi morfologiyasini aniqlash imkonini beradigan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyada olindi.

Laboratoriya tadqiqotlari Alyuminiy+nikel va ikkinchi quyilmada nikel bilan modifikasiyalanishi hisobiga yuqori marganesli po‘latning fizik-mexanik xususiyatlari yaxshilangani, aynan kristalli to‘r qatlar boshoqlari chegarasida karbidlarning erishini, buning hisobiga po‘latning mustahkamlik xususiyatlari ortganini ko‘rsatdi.

Xrom va molibden asosidagi yangi yemirilishlarga bardoshli cho‘yan quyib olindi. Shuni ta'kidlab o‘tish zarurki, mazkur cho‘yan Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida  quyish ishlab chiqarishida quyilayotgan an'anaviy cho‘yandan o‘z xususiyatlari bo‘yicha qolishmaydi. Yana bir e'tiborga molik jihati uning tannarxi ikki barobar arzonga tushadi. Mazkur tejamkorlikka import qilinuvchi nikel o‘rniga kombinat tomonidan ishlab chiqarilayotgan molibden qo‘llanishi shuningdek yana bir importga olinuvchi ferroxrom qo‘shimchalari qo‘shilishi  kamaytirilishi  hisobiga erishildi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech