Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Sariq-cho‘qqi konidan rudalar, Mis eritish zavodidan texnologik shlaklarni 2-MBFga tashish, xalq xo‘jaligi yuklarini kombinat korxonalari va shahar tashkilotlariga eltish Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasi 2-Temiryo‘l sexining asosiy vazifasiga kiradi.
Sex 1954 yilda tashkil etilgan bo‘lib, balansida 8 ta PE-2U tortish agregati, 36 ta TEM2(U, UM), TEM18, TEM18DM teplovozlari, 2 ta 2TE116 elektrovozi, 2 ta 2TE116 teplovozlari, 99 ta 2VS-105 va 202 ta 6VS-60 dumpkarlari hamda turli maqsadlarga mo‘ljallangan vagonlarga ega.
Sex o‘z tarkibida 4 ta uchastkani mujassam etadi. Bular xarakatdagi tarkiblarni ekspluatasiya qilish, poezdlar va elektrovozlar xarakatlarini tashkil qilish, yuklash ishlarini olib borish hamda teplovozlarni ta'mirlash uchastkalaridir.
Sexning 7 ta temiryo‘l stansiyalaridagi harakatlar xavfsizligini ta'minlash maqsadida ular orasi yarim blokirovkali va elektr jezl aloqa tizimi bilan jihozlangan. 2015-2018 yillar davomida 11 ta TEM18DM seriyasidagi teplovozlar xarid qilindi. 2020-2021 yillar davomida 2 ta MPE2U rusumidagi agregatlar keltirildi. Aynan shu yillar mobaynida yuk ko‘tarish quvvati 115 tonnani tashkil qiladigan 96 ta 2VS-105 vagon-o‘zi ag‘daruvchi dumpkarlar sotib olindi. 2020-2021 yillar ichida sul'fat kislotasini tashish maqsadlarida foydalaniladigan 96 ta vagon-sisternalar xaridi ham amalga oshirildi. Natijada 2-TYSning texnologik va xo‘jalik yuklarini tashish bo‘yicha ko‘rsatkichlari so‘nggi yillarda keskin o‘sdi. Yilning birgina o‘tgan besh oyi davomida sex temiryo‘lchilari tomonidan 3 137 679 tonna texnologik yuklar tashilgan holda yuk tashish aylanmasi 101,2%ni tashkil qildi.
Sex boshlig‘i o‘rinbosarlari Lyubov Kim, Alyona Zanizdra, Sherzod O‘taev, uchastka ustalari Husan Hayitboev, G‘ulom Hayitboyev, Feruz Yaqubjonov, Shoxruh Toshpo‘latov, Ahror Abdirashidov, mashinist-yo‘riqchilari Xayrulla Karimov, Temur Abdirashidov, Pavel Drigin, Yuriy Korobov, Saidazimxon Mehmonov, teplovoz mashinistlari Abdukarim Ashirov, Abduhamid Rahmonov, Ibrohim Abduqodirov, Abdumalik Bozorov, Muhiddin Qo‘chqorov, teplovoz mashinisti yordamchilari Zayniddin Ismatov, Axtem Djelyalov, yuk ishlari bo‘yicha nazoratchilar Sayyora Abdurashidova, Rashida G‘anieva, Elvira Zevadinova, Natal'ya Chikunova, vagonlarni tekshiruvchi-ta'mirlovchilar Shavkat Akboyev, Anvar Djurayev, Shavkat Chinpo‘latov, ta'mirlovchi-chilangarlar Faxriddin Sobirjonov, Shuhrat Xolmatov, Hasan Abdurahmonov, stansiya navbatchilari Lenura Seydametova, Vitaliy Sharov hamda Sardor Mutalovlar sex yutuqlariga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelishmoqda.
Hasan ABDULLAEV