Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33OKMK rahbariyati hamda kombinati xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tashabbusi bilan nafaqadagi mehnat faxriylari uchun “Keksalarni ardoqlagan yurt” shiori ostida Toshkent viloyati va poytaxtimizga bepul sayohat tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan sayohat davomida mehnat faxriylari Zangiota ziyoratgohi, Hazrati Imom majmuasi, Shahidlar xotirasi xiyoboni, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, “Minor” jome masjidi, “G‘alaba bog‘I” memorial majmuasi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga borishdi.
Ayniqsa, “Ashxobod” istirohat bog‘ida tashkil etilgan “Delfin” shou tomoshalari nuroniylarda katta taassurot qoldirdi.
Bunday e'tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan nuroniylar tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.
Feruza Bazarova,
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassis