• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kiberjinoyatchilardan ehtiyot bo‘ling

14 Iyul 2022, 12:33 1308

Kuni kecha Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi muhandis-texnik xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda ITIB boshlig‘i  X.Sulaymonov, IIV TQXB 1-sonli IIB tergov bo‘linmasi O‘MIB tergovchisi mayor M.Abdullayev, IIV TQXB 1-sonli IIB katta tergovchisi kapitan I.Jo‘raqulov, IIV TQXB 1-sonli IIB tergovchisi G‘.Umarov “Olmaliq KMK” AJ xodimlar Kasaba uyushmasi bosh psixologi V.Davletova, “Olmaliq KMK” AJ  2-MBF direktorining tartibot va TMBB  o‘rinbosari D.Xamzayev, DXX Toshkent viloyati Olmaliq shahar bo‘limi xodimi ishtirok etishdi.

Tadbirda “O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 15 apreldagi “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘zR-764-son Qonunining mazmun-mohiyati, Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda yo‘l qo‘yiladigan nuqson va kamchiliklar, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish, Diniy ekstremizm va ijtimoy tarmoqlardagi diniy ma'ruzalar, Totalizator o‘yinlarining jinoyatchilikka bog‘liqligi, plastik karta ma'lumotlari va ularni oshkor qilish xavflari kabi mavzular muhokama etildi.

Mas'ullar tadbirda muhokama etilgan mavzular bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

“Kiberxavfsizlik” mavzusida o‘tkazilgan taqdimotda kiberxavfsizlik, kiberjinoyatchilik tushunchalari xaqida to‘liqligicha yoritib berildi. Bunda, internet va axborot texnologiyalari vositalari orqali bo‘ladigan tahdidlar, viruslar, zararli dasturlar, qonunga zid axborotlar, spam, xakerlik hujumlari, noqonuniy veb saytlar, firibgarliklar, ma'lumotlar butunligi va mualliflik huquqlarini buzilishi, bank rekvizitlarini o‘g‘irlash(fishing) haqida ma'lumot berildi.

Kiberjinoyatlar keltirgan zararlar raqamlarda bayon etilib, aksariyat jabrlanuvchilar tadbirkorlar, davlat tashkilotlari va ishlab chiqarish sanoati vakillari ekanligi aytilib, bunday jinoyatlardan himoyalanish yo‘llari va choralari to‘g‘risida maslahatlar berildi. Taqdimot yakunida, O‘zbekiston Respublikasi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan tayyorlangan, “Kiberxavfsizlik” to‘g‘risida chuqur yoritib berilgan videorolik namoyish etildi.

D. Xamzayev taqdimotga qo‘shimcha sifatida, kombinat miqiyosida sodir bo‘lgan huquqbuzarlik holatlarining umumiy tavsifi, mohiyatini qisqacha so‘zlab berdi.

Bunday jinoyatlar yakka shaxslar va jinoiy til biriktirib olgan guruhlar tomonidan sodir etilishi, ularning shubhali hatti-harakatlari atrofdagilarning loqaydligi oqibatida katta jinoyatlargacha olib borayotganini ta'kidladi.

Asilbek Omonqulov,

ITIB Yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech