Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 29 iyun kuni Mis boyitish fabrikasi faollar zalida "Olmaliq KMK" AJ Yoshlar ittifoqi kengashi, Kasaba uyushmasi qoʻmitasi hamda Tovar moddiy boyliklari va fuqaro muhofazasi boʻyicha direktor oʻrinbosarlari bilan hamkorlikda profilaktik tadbir tashkil etildi.
30-iyun "Yoshlar" kuniga bagʻishlab Mis eritish zavodi, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi hamda Mis boyitish fabrikasi hamkorligida "Jinoyatchilikni oldini olish, korxona ichki tartib qoidalariga rioya qilish" mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida 1-sonli IIV JQB boshligʻi Sh.Haydarov, JQB katta tezkor vakili A.Isakov, tergov boʻlimi boshligʻi K.Nazirov va Olmaliq shahar "Ramazoni Jome" masjidi vakili Alisher Tuxtarovkal ishtirok etishdi.
Davra suhbatida asosiy mavzu sifatida soʻnggi oylar davomida MEZ va MBF hududlarida sodir etilgan jinoyatlar haqida batafsil maʼlumotlar berilib, buning kelib chiqish sabablari atroflicha tushuntirildi.
Bundan tashqari Yoshlar orasida turli xil "Totalizator" qimor oʻyinlari orqasidan oʻz joniga qasd qilish holatlari va buni ortida oʻz yaqinlarining moddiy boyliklariga koʻz olaytirish yokida tovlamachilik orqali oʻziniki qilishi holatlari ham uchrab turayotgani ta’kidlandi
Shuningdek, korxona hududida ishlash jarayonida ichki tartib qoidalarga amal qilmaslik holatlariga ham toʻxtalib oʻtildi. Kelgusida bunday holatlar boʻlmasligi uchun ishga masʼuliyati bilan qarashlik, korxona hududida belgilangan barcha qonun qoidalarga amal qilishlari takidlab oʻtildi.
Arzimas boʻlib tuyulgan kichik bir hato inson umrining oʻzgarib ketishiga sabab boʻla oladi.
Tadbir soʻngida qatnashchilari tomonidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
N. Abduraximov,
Mis eritish zavodi Yoshlar masalalari boʻyicha direktor yordamchisi