• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kichik xatolar katta talofatlarga olib kelishi mumkin

19 Sentyabr 2022, 10:24 1300

Joriy yilning 16 senyabr kuni Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi ishchi-xodimlari o‘rtasida yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda OKMK obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i A.Ahrorov, Fuqaro muhofazasi otryadi mas'ullari ishtirok etishdi.

Tadbirning nazariy qismida o‘tgan davr mobaynida sodir bo‘lgan yong‘inlar tahlili bo‘yicha ma'lumotlar berildi.

Sodir bo‘lgan yong‘inlarning aksariyatining sababi loqaydlik bo‘lib, arzimas bo‘lib ko‘ringan mayda kamchiliklar ham katta talofatlarga olib kelishi ta'kidlandi. 8 oy davomida bo‘lim inspektorlari tomonidan joylarda 329 marotaba yong‘inga qarshi teshiruvlar o‘tkazilgan. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha 6641 bandlar berilgan. 139ta maskanni faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan. 1655ta joyda nosoz elektr qurilmalari o‘chirilgan. 1937 marotaba yong‘inga qarshi yo‘riqnomalar o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas'ullarga 120 ta axborotnomalar kiritilgan. 120 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma'muriy choralar ko‘rilgan.

Seminarning amaliy qismida yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari birlamchi o‘t o‘chirish vositalari hamda texnika jihozlari haqida ma'lumot berishdi. Sodir bo‘lgan yong‘inni qanday o‘chirish amalda ko‘rsatib berildi.

Tadbirda IOBning ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinasi a'zolarining sodir bo‘lgan yong‘inda harakatlanishiga ham baho berildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech