Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kichik xatolar katta talofatlarga olib kelmasin!

24 Yanvar 2025, 9:25 1022

OKMK Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi tomonidan navbatdagi profilaktik tadbirlar Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasi va Mis boyitish fabrikasida tashkil etildi.

Unda Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo‘limi mas'ullari, boshqarma va fabrika rahbariyati hamda mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tadbirlarda 2024-yil 13-dekabr kuni STTBda hamda 2024-yil 18-dekabr kuni fabrikada sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar muhokama etildi. Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarning tafsilotlari va sabablari tahlil etildi. Holatlar yuzasidan barcha mas'ullar tegishli xulosa chiqarib, mehnat muhofazasi nazoratini kuchaytirish choralari ko‘rilishi lozimligi ta'kidlandi.

2025-yilda har ikki korxonada baxtsiz hodisalarning oldini olish va mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni kombinat MM va SX bo‘limi bilan kelishilishi kerakligini ta'kidlab o‘tildi.

Korxonalarning barcha sexlari va xizmatlari boshliqlari, MM va XT bo‘limi xodimlari ishchi-xodimlar o‘rtasida yo‘l-yo‘riqlarni, baxtsiz hodisalar muhokamasini ishchi-xodimlarga tushunarli tarzda o‘tkazilishiga e'tibor qaratilishi lozimligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, bugungi kunda ushbu holatlar yuzasidan vakolatli tashkilot vakillari tomonidan tekshirish ishlari olib borilayotganligi va natijasi bo‘yicha aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi bildirildi.

Iroda Almatova,

OKMK Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi muhandisi

Bo`lishmoq:
Text to speech