• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kim kuchli dona suradi?

30 Noyabr 2022, 16:7 627

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi A.Xursanovning “9 dekabr - Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan kombinat va uning tarkibiy bo‘linmalarida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida belgilangan tadbirlarni yuksak saviyada o‘tkazishni ta'minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, kombinat tarkibiy bo‘linmalarida turli xil tadbirlar va sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur buyryuqning chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, joriy yilning 25-noyabr kuni “Metallurg” MSda Komplaens-nazorat xizmati, kombinat xodimlari kasaba uyushmasi kengashi koshidagi jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish bo‘limi, Axborot xizmati hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.

Kombinat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va muhandis-texnik xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan musobaqa qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasi sharafini himoya qilgan Bobomurod Misliboyev barchadan kuchli dona surib, g‘olib bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rinni Ijro apparatidan Ruslan Suyakov egalladi.

Elektr tarmoqlari boshqarmasi vakili Nuriddin Xolmatov uchinchi bo‘ldi.

Ayollar o‘rtasida kechgan bahslarda kuchli uchlikdan Sevara Aliqulova(MTMZ), Dilorom Qayumova(Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi), Sayyora Abduholiqova(Angren KB)lar joy olishdi.

Azamat Abdiyev,

MTMZ yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech