"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 14-iyun kuni Mis boyitish fabrikasi faollar zalida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida OKMKning 75 yilligiga bag‘ishlab “Kim vatanga sodiq bo‘lsa mendirman o‘sha” mavzusida madaniy, ma'rifiy va profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiToifalangan ob'yektlarni qo‘riqlash qo‘mondonligining harbiy qism ayol harbiy xizmatchilari va MBF ayol ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda fabrikada faoliyat olib borayotgan ayollarning zahmatli mehnatini hamda harbiy ayollarning mashaqqatli xizmatini aks ettiruvchi roliklar namoyish etildi.
Harbiy qism psixologi Bibi robiya Masharipova tomonidan o‘tkazilgan psxologik trening ham barchaga manzur bo‘ldi.
Ayniqsa, mevalarni karving san'ati orqali bezatish bo‘yicha tashkil etilgan tanlov, Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, yutuqli lotoreya tadbirni yanada qiziqarli bo‘lishini ta'minladi.
Tadbir davomida eng faol va ilg‘or bo‘lgan ishchi-xodimlar va harbiy ayollar esdalik sovg‘alari, tashakkurnomalar bilan rag‘batlantirishdi.
Malohat Dostova,
MBF Xotin-qizlar masalalari va gender tenglik bo‘yicha maslahat kengashi raisi