• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kislorod ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi

05 Aprel 2022, 13:15 1605

Kislorod - Yer sayyorasi atmosferasida tarqalganligi bo‘yicha ikkinchi kimyoviy element hisoblanadi. U barcha tirik organizmlar uchun g‘oyat muhim va zarurdir.

Shuningdek, kislorod har qanday ishlab chiqarish jarayonida ham keng qo‘llaniladi. Sababi, u juda ko‘plab muhim birikmalarni hosil qiladi. Mis eritish zavodining Havo taqsimlash sexi mana bir necha yillardan buyon OKMK korxonalarini kislorod va azotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, balki bir qator tibbiyot muassasalarini ham suyultirilgan kislorod bilan ta'minlab kelmoqda.

Sex atmosferamizdagi havoni quvurlar orqali kompressorlar yordamida tortib oladi va 5 – 5,5 bosimga ko‘tarib 3ta havoni taqsimlash bo‘limiga yuboradi. Shu yerda havo kislorod va azotga ajratilib metallurgiya sexiga gaz holatida yetkazib beriladi. Qolgan suyultirilgan kislorod bosim bilan nasoslar orqali kislorod ballonlariga to‘ldiriladi hamda avtotransportlar orqali shifoxonalarga yetkazib beriladi.

Sex ishlab chiqarish uchastkasi boshlig‘i Husanjon MADMURODOV ta'kidlashicha, havo tarkibida kislorod 21%, azot78% va 1% inert gazlardan iborat bo‘ladi. Sex havo tarkibidan texnologik kislorodni ajratib olib, tibbiy muassasalar va kombinat tarkibiy bo‘linmalar yetkazib beradi. Azotni esa gaz holatida Avtomobil' transporti boshqarmasi, Texnologik transport boshqarmasi, Jizzax sement zavodi, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodiga yetkazib berilyapti. Oyiga sex tomonidan texnologik ishlab chiqarish jarayoniga 29-30 mln metr kub kislorod yetkazib beradi.

Yuqorida ta'kidlaganimizdek, sexning kislorod to‘ldirish stansiyasida ballonlar kilorod bilan to‘ldiriladi.

E'tiborlisi, ushbu jamoada asosan ayollar faoliyat yuritadi. Ular maxsus ballonlarni o‘zlari nasoslarga ulashadi, boltlarni mustahkamlaydilar, yuklarni ortish va tushurish, tashish kabi mashaqqatli ishlarni bajarishadi.

Mazkur stansiya oyiga 200 ming m3 yiliga esa 2 mln m3 hajmda kislorod ishlab chiqaradi. Bu kuniga 500-600 ta ballonlarni to‘ldirish degani.

Bundan tashqari, turbo havo stansiyasiga yangi, zamonaviy va samarali 3 ta sanoat puflagichlari ham keltirilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad Mis eritish zavodida qurilishi rejalashtirilayotgan konvertor pechlariga va yangi barpo etilayotgan korxonalarga uzluksiz kislorod yetkazib berishdir.

Muxtasar aytganda, Havo taqsimlash sexi bugungi kunda o‘zlariga yuklatilgan barcha reja topshirig‘larini o‘z vaqtida ortig‘i bilan bajarib kelishayapti va bu bilan kombinat rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech