• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Kitob – qalbim quyoshi”

29 Mart 2023, 10:6 732

Joriy yilning 28-mart kuni “Olmaliq KMK” AJ xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashining ma'naviyat va ma'rifat komissiyasi tomonidan kombinat tarkibiy bo‘linmalari ishchi-xodimlari o‘rtasida “Kitob – qalbim quyoshi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, yil davomida muntazam ravishda OKMK yoshlari o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan tanlov xar bir korxonadan 1 nafardan ishtirokchi qatnashdi.

Tanlov ishtirokchilari “Buyuk mutafakkir va adib”, “She'riyat”, “O‘zbek adabiyoti bilimdoni”, “Jahon adabiyoti bilimdoni” kabi shartlar bo‘yicha bellashdilar.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, Rux zavodi vakilasi Xumora Nishonova 3-o‘rinni egalladi.

Texnologik transport boshqarmasi sharafini himoya qilgan Sirojiddin Saylodinov 2-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Barcha shartlarni a'lo darajada bajarib, o‘zining kitobxonligini namoyon etgan Markaziy tahlil laboratoriyasi vakilasi Umidaxon Abdumalikova tanlov g‘olibasi deya e'tirof etildi.

Tanlovlar g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Farog‘at Matkarimova,

 OKMK xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashining

ma'naviyat va ma'rifat komissiyasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech