"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 24 avgust kuni “Metallurg” madaniyat saroyida kombinat ishchi-xodimlari o‘rtasida “Kitob tafakkur qanoti” nomli ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi huzuridagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar komissiyasi tomonidan Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar “Buyuk mutafakkir va adib”, “She'riyat”, “O‘zbek adabiyoti bilimdoni”, “Jahon adabiyoti bilimdoni” kabi shartlar bo‘yicha bellashdilar.
Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan tanlovda barcha shartlarni a'lo darajada bajargan Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish texnologik markazi flotatori Iroda Akmalova tanlov g‘olibasi sifatida e'tirof etildi.
Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi 8-sonli maktbagacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Muxlisa Gaziyeva ikkinchi o‘rinni egalladi.
Rux zavodi Velslash sexi kran mashinisti Xumora Nishonova uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.
G‘oliblar kasaba uyushmasi Kengashning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Farog‘at Matkarimova,
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi
Kengashi huzuridagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar komissiyasi raisi