• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Fabrikada molibden yarim tayyor mahsuloti ishlab chiqarish rejasi bajarildi

19 Oktyabr 2023, 10:10 1128

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining asosiy tarkibiy bo‘linmalaridan sanalgan Mis boyitish fabrikasidan quvonchli xabar olindi.

Fabrika mehnat jamoasi 2023-yil uchun belgilangan molibden yarim tayyor mahsuloti ishlab chiqarish bo‘yicha yillik rejani muddatidan avval bajarishga muvaffaq bo‘lishdi.

MBF va 2-MBF mehnat jamoasi uchun 2023-yilda umumiy 788,5 tonna molibden yarim tayyor mahsuloti ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. 11-oktabr kuni MBF mehnat jamoasi belgilangan vazifani 100%ga bajarishdi.

Ushbu rejaviy ko‘rsatkichning bajarilishiga rudadagi molibden tarkibi yuqori bo‘lgani va albatta, mehnat jamoasining samarali harakatlari evaziga erishildi. Shuningdek, ushbu bo‘linmada amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlarini ham alohida ta'kidlash joiz.

Ma'lumot uchun: Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy birlashmasida molibden chuqur qayta ishlangan holda turli xil mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech