"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Bugun “Metallurg” MSda “Avtomobil transporti xodimlari kuni” munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining avtomobil transport sohasi vakillari bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov so‘z olib, kombinat texnologik ishlab chiqarish zanjirida transport sohasi vakillari muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlab, ularni kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etdi.
OKMK boshqaruvi raisi A.Xursanovning buyrug‘iga ko‘ra sana munosabat bilan 48 nafar transport sohasi ishchi-xodimlari turli darjadagi “Konchilik shuhrati”, Faxriy Yorliqlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.
Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan hamkor tashkilot IP OOO “Haul TRUCKS-CA” kompanyasi mas'ullari ham soha vakillarini kasb bayramlari bilan qutlab, esdalik sovg‘alarini tuhfa etishdi.
“Metallurg” MS badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga xushkayfiyat baxsh etdi.
Axborot xizmati