• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kombinat bunyodkorlari faoliyatidan

10 Avgust 2023, 13:2 1900

Avgust oyining ikkinchi yakshanbasi - O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni

 

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalarida orasida “Olmaliqmetallurgqurilish” trestining o‘z o‘rni bor. Kombinatning salohiyati kundan-kunga ortib borishi va rivojlanishi negizida ham aynan quruvchilarning hissasi katta.

Trest 1968-yil tashkil etilgan bo‘lib u davrda Ta'mirlash qurilish bo‘limi deb yuritilar edi hamda 160 kishilik jamoaga ega bo‘lgan. Yil oxiriga kelib esa bu ko‘rsatkich 400 taga yetdi. Bugungi kunda esa trestda 1800dan ortiq ishchi-xodimlar mehnat qilib keladi.

Uning asosiy vazifasi Kombinatning sex va bo‘linmalari, bino va inshootlari, turar joy, ijtimoiy maishiy ob'yektlarni to‘liq va joriy ta'mirlash, qurilish materiallar, asfalt, bitum mastikasi, duradgorlik buyumlari, metall va temir-beton konstruksiyalarni hamda plastik va alyuminiy buyumlarni ishlab chiqarishdan iboratdir.

“Olmaliqmetallurgqurilish” tresti uchun o‘tgan davr g‘oyat mas'uliyatli va sinovli yillar bo‘ldi. Uchta boshqarma, o‘ndan ziyod uchastkalar, temir-beton konstruksiyalari va materiallari ishlab chiqarish sexi jamoasi qurilish-montaj, kapital qurilish boshqarmasi kombinat ob'yektlarda bunyodkorlik asoslarni yarata oldi desak adashmagan bo‘lamiz.

Trest tomonidan so‘nggi besh yilda 39-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti kapital ta'mirlandi. Mis boyitish fabrikasidagi 15- va 16-sonli quyultirigichlar qurildi. Chirchiq shahrida sanatoriya to‘liq ta'mirlandi. Bundan tashqari, trest bunyodkorlari tomonidan metallurgiya kompleksini quradigan ishchilar uchun yotoqxona, “Yoshlik -1 koni” direksiyasi ofisi ham barpo etildi.

Shuningdek, bugungi kunda Parkent tumani Krasnogorsk shaharchasida “Chotqol” madaniyat saroyi va shahrimizdagi 33-sonli MTTda kapital ta'mir ishlari olib borilmoqda. OKMKda tashkil etilayotgan muhandislik maktabining o‘quv va trening binolarini qurilishida ham trest bunyodkorlari ishtirok etishmoqda.

Tug‘ruq kompleksidagi o‘tish yo‘lagini qurish va obodonlashtirish ishlari ham trest jamoasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Xususan, zavod va fibrikalarda turli binolar bunyod etish bilan birga quruvchilar mamlakatimiz ijtimoiy sohasining obod, go‘zal va zamonaviy qiyofani o‘zida aks ettirishi uchun ham o‘z hissalarini qo‘shib kelishmoqda.

Qayd etib o‘tilgan bunyodkorlik ishlari trestning umumqurilish uchastkalari tomonidan amalga oshirilgan.

So‘ngi yillarda korxonada ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va modernizatsiyalashga qaratilgan investitsiyaviy dasturlarni amaliyotga tadbiq etish, rekonstruksiya hamda joriy ta'mirlash ishlarida trest xodimlarining tajribalari ham oshirib kelishmoqda. Bundan tashqari, ish samaradorligini yaxshilash maqsadida turli rusumdagi zamonaviy texnikalar xarid qilingan. Yuk ko‘tarish kranlari va maxsus avtotexnikalar shular jumlasidan.

Trest mehnatkashlari o‘zlariga yuklatilgan reja topshiriqlarini doimo ortig‘i bilan uddalab kelishadi. Xususan, 2023-yilning 6 oyi davomida 266 mlrd 852 million so‘mdan ortiq qurilish-montaj, ta'mirlash va mahsulot ishlab chiqarish vazifalari bajarilgan, reja ko‘rsatkichi esa 117,8 % ga yetkazilgan. O‘tgan yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra o‘sish sur'ati +26,6 %ni tashkil etgan.

Shuningdek, trest yarim yil davomida o‘z harajatlarini to‘liq oqladi. Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, 6 oyda 8 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar iqtisod qilindi.

Quruvchilik nihoyatda sharafli va mas'uliyatli kasbdir. Qad rostlashi ko‘zda tutilayotgan ob'yektga birinchi bo‘lib quruvchi qadam qo‘yadi va eng so‘ngida bunyod etilgan joyni buyurtmachiga foydalanishga topshirgan holda tark etadi.

E'tiborli tomonlaridan yana biri trestda qurilish sohasining har bir yo‘nalishi bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Boisi loyihalashdan tortib to shiftni yopgunga qadar bo‘lgan mahsulotlarning barchasi shu yerda ishlab chiqariladi.

Jumladan, Qurilish materiallari va konstruksiyalarni ishlab chiqarish boshqarmasining yog‘ochga ishlov berish uchastkasida 1 sm dan to 35 sm gacha bo‘lgan hajmdagi yog‘ochlar tayyorlanadi.

Temir-beton buyumlarining afzalligi ularning yuqori darajadagi chidamliligidir. Bu turdagi mahsulotlar hech qanday o‘zgarishlarsiz uzoq yillar xizmat qiladi. U yuqori darajadagi mustahkamlik, seysmik qarshilik va yong‘in xavfsizligiga ega. Trestning temir-beton konstruksiyalari va materiallari ishlab chiqarish sexida, bugungi kunda 25 dan ortiq mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Bundan tashqari, Olmaliqmetallurgqurilish trestida asfalt ishlab chiqarish jarayoni ham yo‘lga quyilgan. Ushbu uchastkada 3turdagi mahsulot tayyorlanadi. Bular – mayda donador, qumli hamda yirik donador asfalt bo‘lib, har biriga muvofiqlik sertifikati olingan. E'tiborlisi jarayonlar to‘liq avtomatlashtirilgan.

Uchastka mehnatkashlari nafaqat kombinat ob'yektlarining yo‘llarini ravonlashtirish ishlari bilan shug‘ulanishadi balki, Olmaliq shahrining obodligi uchun turli mahallalardagi ko‘chalarida asfalt yotqizish ishlari bajarishadi. Xususan, joriy yilning 6 oyi mobaynida Kombinatning zavod fabrikalarida 15 500 metr kvadrat, shahar hududi bo‘yicha esa 74 000 metr kvadrat asfalt yotqizilgan.

Shuningdek, Trest tarkibida Plastik va alyuminiy buyumlar ishlab chiqarish sexi faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Shu o‘rinda takidlab o‘tish kerakki so‘nggi yillarda ishchi xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini va xavfsiz ish jarayonlarini yaratish, kasb kasalliklarini oldini olish olish yo‘nalishida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan mehnatkashlar uchun ish taqsimlash xonasi, oshxona hamda kiyim almashtirish va yuvinish xonalari to‘liq ta'mirdan chiqarilib zamonaviy qiyofaga keltirilgan. Shuningdek, trestda yoshlar siyosati eng ustivor yo‘nalishlardan biriga aylangan.

Trest ishchi-xodimlarining aytishiga qaraganda, quruvchilar tomonidan qilanayotgan mehnat jamiyatga foyda keltirsa bo‘lgani, ular uchun bundan boshqa baxt yo‘q. Olmaliqda bunyod etilayotgan bino va inshootlar, avvalo xalqimiz manfaati va farovon yashashi, yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech