Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 8000 dan oshiq ayollar mehnat qilib keladi. Ular orasida turli iqtidor egalari talaygina. Ana shunday har ishda faol bo‘lgan xodimalarni rag‘batlantirish maqsadida esa har yili an'anaviy tarzda “Kombinat go‘zali” tanlovi o‘tkazib kelinadi.
Bu yilgi bahslar ham qiziqarli shartlarga boy bo‘lgani bilan ahamiyatli. Tanlovning saralash bosqichidan o‘tgan 5 nafar qizlar g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
Jumladan, Nodiraxon Abduvoitova(Mis boyitish fabrikasi), Gullola Esonboyeva(Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi), Shaxnoza Karimova(Neft mahsulotlari ta'minoti boshqarmasi), Sarvinoz Jumanova(Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati), Farzona Ergasheva(Mis eritish zavodi)lar final bosqichi ishtirokchisiga aylanishdi.
“Metallurg” MSda o‘tkazilgan tanlovning yakuniy bahslari, ishtirokchilarning ziyrakligini sinovdan o‘tkazish bilan boshlandi.
Dastlabki shartga ko‘ra, ishtirokchilar o‘zlariga taqdim etilgan suratlarga qarab 1 daqiqa vaqt ichida hikoya tuzishlari kerak bo‘ldi.
2-shart sanalgan pazandalik mahoratini sinovdan o‘tkazgan bahslar esa final bosqichiga qadar bajarilgan bo‘lib, o‘choqqa o‘t yoqib, osh damlagan qizlar mahorati videolavha orqali namoyish etildi.
Sovg‘a tayyorlash musobaqasi esa qatnashchilarning chaqqonligi, didi, mahorati va iqtidorlarini sinovdan o‘tkazdi.
Kombinat xodimalarining ijodkorligi va qiziqishlarini namoyon eta olgan so‘nggi erkin mavzu sharti esa qiziqarli chiqishlarga boy bo‘ldi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, Nodiraxon Abduvaitova “Eng mahoratli”, Shaxnoza Karimova “Eng ziyrak”, Sarvinoz Jumanova “Eng iste'dodli”, Farzona Ergasheva “Eng ijodkor” kabi nominasiyalarga munosib ko‘rildi.
Barcha shartlarni yuqori baholar bilan yakunlagan IOB 18-sonli MTT tarbiyachi yordamchisi Gullola Esonboyeva “Kombinat go‘zali” deya e'tirof etildi.
Axborot xizmati