• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kombinat ishchi-xodimlariga yana bir qulaylik

05 Dekabr 2023, 13:31 549

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati tomonidan har doim ishchi-xodimlar manfaatlari ustuvor vazifa bo‘lib kelgan. Xususan, ishchi-xodimlar uchun yana bir qulaylik yaratildi.

Joriy yilning avgust oyida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Ushbu memorandum doirasida kombinat tomonidan ta'lim sifatini yaxshilash, raqamlashtirish jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy loyihalar qo‘llab-quvvatlanyapti.

Jumladan, kuni kecha kombinat tomonidan farzandlari maktab o‘quvchilari bo‘lgan har bir ota-ona uchun Emaktab portalidagi "Kundalik.com" elektron dasturi uchun yillik obuna to‘lovi amalga oshirildi.

Endilikda kombinat ishchi-xodimlari o‘z farzandining ta'lim sifatini bepul onlayn nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Kombinat rahbariyati har bir OKMK xodimining o‘z farzandi kelajagi uchun mas'uliyatini oshirish, ta'lim-tarbiyasiga e'tiborini yanada kuchaytirish tarafdori!

Qadrli Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi!

"Kundalik.com" onlayn dasturidan bepul foydalanishda kimda savollar yuzaga kelsa quyidagi "Ishonch telefoni" ga murojaat qiling: 

93-182 60 73 Saviya Tagirova - OKMK Ijro apparati Ijtimoiy bo‘lim mutaxassisi.

OKMK Ijro apparati Ijtimoiy boʻlimi

Bo`lishmoq:
Text to speech