Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33OKMK Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi hamda Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasining Tikuv mahsulotlari ishlab chiqarish sexi mutaxassislari bilan hamkorlikda yangi turdagi maxsus uniformalarning namunalari ishlab chiqildi.
Har bir korxonaning uniformasi alohida bo‘lib, kiyimga korxona nomi yozilgan. Bu ularning qaysi bo‘linma ishchisi ekanligini bildirib turadi. Bundan tashqari, uniformalar avvalgiday bir xil rangda emas. Tungi smenada ishlaydigan ishchi-xodimlar uchun maxsus kiyimlarda yoritish lentalari bo‘ladi.
Muhandis texnik xodimlarga aralash matodan tikilgan uniformalar kabi endilikda ishchilar uchun ham aralash sifatli matodan, yorqin rangli kiyimlar tayyorlanmoqda.
Yana bir muhim jihat, ishchilarning ish sharoitiga ham qarab maxsus kiyimlar beriladi. Masalan, issiq kunlarda tashqarida ishlaydiganlar uchun va issiq sharoitda ishlaydiganlarga paxtalik matodan uniformalar tikiladi.
Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi xodimlari har bir korxonaning talablaridan kelib chiqqan holda belgilangan talabnoma asosida zarur bo‘lgan uniformalarga, va ishchilarning o‘lchamlarini taqdim etgan holda har chorakda buyurtma berib borishadi.
Yangi maxsus kiyimlar bosiqichma-bosqich hamma korxonalarga berib boriladi.
Hozirda uniformalar mis eritish zavodi va mis boyitish fabrikalariga tarqatildi.
Axborot xizmati