• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kombinat kommunal xizmati xodimlariga ehtirom

19 May 2022, 9:33 1617

Shahrimiz ko‘chalarini erta tongdanoq supirib, tozalab ozoda holga keltirib qo‘yayotgan, ko‘zimizni quvnatgan turfa xil anvoyi gullarni parvarish qilib, shahrimiz obodligiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan kombinat kommunalchilarining mehnati tahsinga loyiq.

Ushbu soha vakillarining kasb bayramlari munosabati bilan OKMK rahbariyati tomonidan kombinat Uy-joylardan foydalanish va ularni ta'mirlash boshqarmasi mehnat jamoasiga bayram tadbiri tashkil etildi.

Shahrimizdagi “Go‘zal” tantanalar majmuida bir dasturxon atrofida tashkil etilgan bayram tadbirida kombinat rahbariyati tomonidan kommunal soha vakillari muborakbod etildi. Tadbirda kombinat boshqaruvi raisi tabrigini boshqaruv raisi o'rinbosari Sa'di Shermatov soha vakillariga etkazdi. Ularning shahrimiz obodligi yo‘lida olib borayotgan ishlari e'tirof etildi. Sana munosabati bilan ko‘p yillar davomida soahada mehnat qilib kelayotgan 20 nafar ishchi-xodimga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni topshirildi. Shuningdek, bir guruh ilg‘orlarga ham Maqtov yorliqlari, esdalik sovg‘alari tuhfa etildi.

“Metallurg” MS ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashishdi.

Ma'lumot uchun ayni paytda Uy-joylardan foydalanish va ularni ta'mirlash boshqarmasi tomonidan shahrimizdagi 304ta ko‘p qavatli uylarga kommunal xizmat ko‘rsatiladi. Shuningdek, mazkur uylarning atrofidagi trotuarlar hamda Amir Temur shoh ko‘chasi tozaligiga ham kombinat kommunalchilari mas'ul.

Shahrimiz tozaligi posbonlariga kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech