• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kombinat konchilari yillik marrani zabt etishdi

12 Dekabr 2022, 15:15 1344

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining bir qator tarkibiy bo‘linmalaridan xushxabarlar kelishida davom etmoqda.

Jumladan, Angren kon boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan joriy yilning 8-dekabr kuni 2022-yil uchun belgilangan konsentratda 1-metall rejasi muddatidan avval bajarildi.

9-dekabr kuni esa Chodak kon boshqarmasi mehnat jamoasi yillik 1-metall rejasini bajarishag muvaffaq bo‘lishdi.

Chodaklik konchilar noyabr oyida 2022-yil uchun belgilangan 2-metall rejasini ham muddatidan avval bajarishga erishgandilar.

Bundan tashqari, 9-dekabr kuni Kovuldi konchilari ham 1-metall rejasini bajarishganligi haqida rahbariyatga raport berishdi.

Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki yuqorida nomlari qayd etilgan konlar yerosti konlari bo‘lib, ushbu konlardan asosan oltin tarkibli rudalar qazib olinadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech