"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma'lumki, avgust oyining birinchi yakshanbasi har yili O‘zbekiston Respublikasi temiryo‘l transporti xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelinadi.
Ushbu sana munosabati bilan bugun kombinat temir yo‘l sohasi vakillari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Bir dasturxon atrofida jam bo‘lgan Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasi ishchi-xodimlarini, mehnat faxriylarini OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etdi. Sanoatning qon tomiri bo‘lgan temiryo‘lchilarning kombinatda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalarda, belgilangan ishlab chiqarish prognozlarini bajarilishida muhim o‘rni borligini ta'kidlab o‘tdi.
Tadbir davomida sana munosabati bilan OKMK boshqaruvi raisi A.Xursanovning buyrug‘iga ko‘ra, 3 nafar soha vakili turli darajadagi “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan, 11 nafar ishchi-xodim Faxriy Yorliq va yana 11 nafari esa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Shuningdek, OKMK xodimlar kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan 13 nafar ishchi-xodimga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
“Metallurg” madaniyat saroyining ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Ma'lumot uchun: STTB mehnat jamoasi joriy yilning birinchi yarim yilligida tog‘ jinslarini tashish rejasini 100,2 foizga, ma'danlar tashish rejasini 104,7 foizga bajarishidi. Jami yuk aylanmasi qariyb 100,0 foizni tashkil etdi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 5,5 mlrd. so‘mlik mahsulot tayyorlanib, reja 111,0 foizga ado etildi, qariyb 1,0 kilometr yangi temiryo‘l qurildi va 9,3 kilometr uzunlikdagi temiryo‘llar kapital ta'mirlandi.
Axborot xizmati