• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kombinat uylari mavsumga tayyormi?

16 Sentyabr 2022, 13:44 1057

Aholi farovonligini ta'minlash “Olmaliq KMK” AJ ijtimoiy faoliyatining doimiy diqqat markazida bo‘lib kelgan. Jumladan, uy-joy fondidan foydalanish va uni saqlab borish borasida ishlab chiqilgan dasturlar, yo‘l xaritalari asosida so‘nggi yillarda OKMK tasarrufida bo‘lgan uy-joylar fondlari uchun e'tiborga molik ishlar qilinmoqda.

Uy-joy kommunal xizmati har doim e'tibor va tinimsiz mashaqqatlarni talab qiladigan soha hisoblanadi.

Kombinat Uy-joylarni ta'mirlash va ulardan foydalanish boshqarmasiga qarashli 2-Uy-joylarni ta'mirlash uchastkasi jamoasi ana shunday sa'y-harakatlar bilan belgilangan vazifalar asosida aholi yashash sharoitlarini yaxshilash, mehnatkashlarning yuqori ish unumi va salomatliklari ta'minlanishiga o‘zlarining beminnat hissalarini qo‘shib kelishmoqda.

- Hademay kuz va qishning yog‘in- sochinli, izg‘irinli kunlari boshlanadi, - deydi 2-UJTU boshlig‘i Ilhom Musayev. - O‘z zimmamizga yuklatilgan vazifalar qanchalik mas'uliyatli ekanligini his qilgan holda har bir ish kunimizni uchastkamiz tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinayotgan ko‘p qavatli uylar va ular atrofidagi hududlarda namunali sharoit va tartibni yaratishga qaratib kelmoqdamiz. Uchastkamiz 51 ta ko‘p qavatli va 24 ta ikki qavatli uylarga xizmat ko‘rsatib keladi. Jami 3244 xonadonlarda istiqomat qilib kelayotgan 13150 dan ziyod aholiga qulayliklar yaratish maqsadida jamoamizning 90 nafar ishchi-xizmatchilari bahamjihat mehnat qilib kelishmoqda. Mavjud uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatish uchun zarur vositalar va kuchlarga egamiz. Ayni kunlarda turar- joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Ushbu tayyorgarlik ishlariga isitish mavsumi yakunlanishi bilanoq kirishganmiz va bu vazifalar yil davomida uzil-kesil bajarib boriladi.

Uchastkamiz ishchi-xodimlarining jonbozlikdagi harakatlari ostida kuni kecha Alisher Navoiy ko‘chasi 14-ko‘p qavatli uyning barcha kommunikasiya tarmoqlarida kapital ta'mir ishlari yakuniga yetkazilib, mazkur uy isitish mavsumiga shay holatda topshirildi. Uyning issiq va sovuq suv, issiqlik manbalari uzatiladigan quvur o‘tkazgichlari hamda suvoqova tizimlari to‘liq yangilandi. Mazkur kapital ta'mir ishlari davomida plastmass quvurlar yotqizilishiga alohida ahamiyat qaratildi. Chunki bunday quvurlar montaj qilinishi, xizmat ko‘rsatilishi qulayligi va uzoq vaqt ishlab berishi bilan amalda o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda. Ayni kunlarda Obi hayot ko‘chasi 7-ko‘p qavatli uyda ana shunday kapital ta'mir ishlariga kirishildi. Sentyabr' oyining ikkinchi o‘n kunligi ichida bu yerda belgilangan barcha ishlarni o‘z yakuniga yetkazish rejalangan.

Rejamizga asosan, ko‘p qavatli uylarning tom qismlarida shifer, profnastil, mastika va folgali qoplamalar bilan ta'mirlash ishlari ham ko‘zda tutilgan. Tom qismlari ta'miri bo‘yicha usta Hadicha Do‘satova boshchiligida hozirgi kunda Ipak yo‘li ko‘chasi 56-uyning tom qismiga mastika qoplamasini to‘shash ishlari “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

Akrom Abdurahmonov, Erkin Avazov va Rahmonjon Sherqanotov kabi tom yopuvchilarimiz tomonidan yuqori ba landliklardagi ishlar belgilangan talablarga rioya qilingan holda sifatli bajarib borilayapti. Ta'mir ishlari ustasi - Davron To‘qoev, chilangar-santexniklar - Salohiddin Toshpo‘latov, Nurali Sarimsoqov va Umrzoq Shermatovlar joriy va kapital ta'mir ishlari bilan bir qatorda aholidan kelib tushayotgan murojaatlar asosida xizmat ko‘rsatish ishlarini ham namunali uddalab kelishmoqda. Ta'mir ishlari davomida kommunikasiya tarmoqlarini demont aj qilish va qayt a mont aj qilishda gazelektrpayvandlovchi Baxtiyor Tursunboevning tajriba va mahorati alohida ahamiyat kasb etadi. Suvoqchi- bo‘yoqchi Dildora Hakimova tomonidan ko‘p qavatli uylar yo‘laklarida doimiy ravishda olib borilayotgan pardozlash ishlari aholi tahsiniga sazovor bo‘lmoqda. Bundan tashqari, uchastkamizga biriktirilgan hududlardagi 112315 m2 kvartallar ichi hamda 5232 pogonometrlik irrigasiya tarmoqlarida ham sanitar-tozalash ishlari muntazam olib boriladi.

Uchastka jamoasining faoliyatiga nazar tashlar ekanmiz, shahrimiz obodligi, ko‘cha va kvartallarimiz go‘zal qiyofasi, aholi uchun qulay va shinam sharoitlarni yaratish eng muqaddas qadriyat darajasiga ko‘tarilgani va bu ezgu maqsadlar amalda o‘zining natijasini berayotganiga guvoh bo‘ldik. Eng muhimi, turar-joylar muhandislik kommunikasiyalarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash, issiqlik va ichimlik suvi tarmoqlarida mukammal va joriy ta'mirlash ishlari izchil olib borilayotganidir.

Hasan ABDULLAYEV

Bo`lishmoq:
Text to speech